Maxfiylik siyosati
Yangilangan: 2026-11-29
Nawbetshi AI (Telegram: @nawbetshibot) — biznes egasiga mijozlar bilan yozishmada yordam beradigan xizmat. Bu siyosat xizmat qanday ma'lumot olishi, nima uchun ishlatishi va qanday o'chirilishini tushuntiradi.
Qanday ma'lumot olinadi
- Biznes egasidan: Telegram ID, biznes profili (nomi, narxlar, ish vaqti, manzil), ega bot bilan yozishgan matn va ovozli xabarlar, yuklagan rasmlar.
- Ega ulagan Instagram Business/Creator akkauntdan: akkaunt ID va username, kirish kaliti, akkauntga kelgan shaxsiy xabarlar (DM) va kommentlar (matn, yuboruvchining Instagram ID, ismi, username'i), post izohlari va post statistikasi (ko'rishlar, qamrov, layk, saqlash).
- Ega ulagan Telegram Business chatlaridan: mijoz xabarlari, ismi va Telegram ID.
Nima uchun ishlatiladi
- Egaga javob qoralamasini tayyorlash, ega tasdiqlagan (yoki ega yoqgan avtomatik rejimda) javobni yuborish;
- spam kommentni yashirish, ega buyurgan postni joylash, bron va buyurtmani yuritish;
- egaga statistika va xulosa ko'rsatish.
Ma'lumot sotilmaydi va reklama uchun ishlatilmaydi.
Kimga uzatiladi
Javob matnini tayyorlash uchun AI xizmati provayderiga (Google Gemini, Anthropic Claude, Groq) faqat shu javob uchun kerakli matn API orqali yuboriladi. Provayderlar bu matnni pullik API shartlari asosida qayta ishlaydi va o'z modellarini o'qitishga ishlatmaydi. Instagram va Telegram'ga faqat ega yuborgan javob va post ketadi. Boshqa uchinchi shaxsga berilmaydi.
Saqlash va himoya
- Ma'lumot serverda har foydalanuvchining alohida kaliti bilan shifrlangan holda saqlanadi.
- Biznes yozishmalari ega o'chirguncha yoki o'chirish so'rovi kelguncha saqlanadi (mijoz tarixini ko'rish uchun).
- Instagram kirish kaliti akkaunt uzilganda darhol o'chiriladi.
- Egasining bot bilan suhbati 90 kun, yaratilgan rasmlar 30 kun saqlanadi.
Ma'lumotni o'chirish
Yo'riqnoma: /data-deletion. Qisqasi — Instagram → Sozlamalar → Ilovalar va saytlar bo'limida Nawbetshi AI'ni olib tashlang yoki @nawbetshibot'ga «ma'lumotlarimni o'chiring» deb yozing (yoki /ochirish). Ma'lumot darhol o'chiriladi.
Bolalar
Xizmat 18 yoshdan kichiklar uchun emas.
O'zgarishlar
Siyosat o'zgarsa, shu sahifada sana bilan e'lon qilinadi.